Qozog‘istonlik futbolchi qachon “Chelsi”ga o‘tishi aniq bo‘ldi

Sport

image

Olmaotaning “Qayrat” va Londonning “Chelsi” klublari 16 yoshli hujumchi Doston Satpayevning transferi borasida kelishuvga erishdi. 2026 yilning yozida, balog‘at yoshiga etganidan so‘ng, u rasman ingliz klubiga o‘tadi. Ungacha Satpayev “Qayrat” safida o‘ynashda davom etadi. Bu haqda qozoq klubi matbuot xizmati xabar berdi.

“Doston Olmaota shahrida tug‘ilgan, sakkiz yoshida “Qayrat” akademiyasiga o‘qishga kirgan, u yerda tayyorgarlikning barcha bosqichlarini bosib o‘tdi. Dastlabki kunlardanoq mehnatsevarligi va intizomi bilan ajralib turdi. Dostonni faoliyatidagi bu muhim qadami bilan tabriklaymiz! Biz uning yutuqlari bilan faxrlanamiz va ishonchimiz komilki, uni yangi marralar kutmoqda! Transferni tashkil etishda yordam bergani uchun German Tkachenkoning “Prosports Management” agentligiga alohida rahmat”, deyiladi klub rasmiy sahifasida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Chelsi” futbolchi transferi uchun Qozog‘iston klubiga 4 million yevro to‘lab beradi. 

2024 yilning may oyida 15 yoshida Satpayev asosiy jamoada debyut qilib, “Qayrat” tarixidagi eng yosh futbolchiga aylandi. Shuningdek, Satpayev joriy mavsum UEFA Yoshlar ligasidagi yorqin o‘yinlari bilan ham ajralib turdi.


Maqola muallifi

Teglar

Chelsi Qayrat Doston Satpaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing