Qozog‘istonlik futbolchi “Byornli” klubiga o‘tdi

Sport

image

Qozog‘iston terma jamoasi hujumchisi Doston Satpayev Angliyaning “Chelsi” jamoasidan “Byornli” klubiga ijaraga o‘tdi. Bu haqda London klubi matbuot xizmati xabar berdi.

London klubi joriy yilning 12 avgust kuni 18 yoshga to‘lgan Satpayevni Olmaotaning “Qayrat” jamoasidan transfer qilganini rasman e’lon qildi. Shuningdek, “Chelsi” futbolchining yangi mavsumni “Byornli” safida ijara asosida o‘tkazishini ma’lum qilgan.

“Byornli” o‘tgan mavsum Angliya Premer-ligasida 19-o‘rinni egallab, Chempionshipga tushib ketgan edi. Jamoa yangi mavsumni 16 avgust kuni o‘z maydonida “Vest Xem”ga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi.

Satpayevning transferi maxsus videorolik orqali e’lon qilindi. Keyinchalik “Byornli” ham futbolchining “Chelsi” bilan bir mavsumlik ijara shartnomasini rasman tasdiqladi.

Satpayev mavsumoldi yig‘inlarining katta qismini “Chelsi” tarkibida o‘tkazdi. Xalqaro turning birinchi uchrashuvida u London klubi safidagi ilk golini Avstraliyaning “Vestern Sidney Uonderers” jamoasiga qarshi bahsda urdi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing