Qozog‘istonlik futbolchi “Chelsi”dagi debyut o‘yinida gol urdi
Sport
−
28 iyul 11023 1 daqiqa
Qozog‘iston terma jamoasi va “Qayrat” klubining sobiq hujumchisi Dostan Satpayev Londonning “Chelsi” jamoasi safidagi ilk uchrashuvidayoq gol urdi. Bu uning London klubi libosidagi debyut goli bo‘ldi.
Londonliklar bosh murabbiyi Xabi Alonso Avstraliyaning “Vestern Sidney Uonderers” jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida 17 yoshli futbolchiga ilk bor asosiy tarkibdan joy berdi. Satpayev esa bildirilgan ishonchni oqlab, uchrashuvning 7-daqiqasida raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
“Chelsi” va “Vestern Sidney Uonderers” o‘rtasidagi bahs klubning Avstraliya bo‘ylab mavsum oldidan o‘tkazayotgan yig‘ini doirasida Sidney shahridagi “Akkor” stadionida bo‘lib o‘tmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Dastan Satpayev shartnoma bo‘yicha joriy yilning avgust oyida, 18 yoshga to‘lgach rasman “Chelsi” futbolchisiga aylanadi.
Live
Barchasi