Qozog‘istonga ishlash uchun borayotgan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 3 iyun kunidan boshlab, Qozog‘iston Respublikasining barcha hududlarida migratsiya sohasida huquqbuzarlikni aniqlash maqsadida “Nelegal-2024” reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu reyd tadbirlari davomida Qozog‘iston hududida qonuniy bo‘lib turish va qonuniy mehnat migratsiyasi tartibini buzgan chet el fuqarolariga nisbatan tegishli choralar ko‘rilmoqda.

“Ta’kidlash joiz, qonunbuzilish holatlari Olmaota, Ostona, Chimkent shaharlari va Mangistau viloyatida ko‘p uchramoqda. Shu munosabat bilan, ushbu davlatga borayotgan va bo‘lib turgan yurtdoshlarimizdan migratsiya qoidalariga rioya qilish so‘raladi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston fuqarolari Qozog‘iston hududida 30 kun muddatgacha bo‘lib turishi mumkin, ammo ushbu davr mobaynida mehnat faoliyatini amalga oshirishi taqiqlanadi. Bundan tashqari, ishlash uchun ushbu davlatga borgan shaxsdan darhol ishlash uchun va vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma olish talab etiladi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Olmaotada huquq-tartibot idoralari xodimlari 27 nafar O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston O'zbekiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing