Qozog‘istondagi YTHda 8 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
06 mart 2024 9955 1 daqiqa
Qozog‘istonda Aqto‘be-Astraxan trassasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda “Kazinform” Aqto‘be viloyati prokuraturasi matbuot xizmatiga tayanib, xabar berdi.
Aniqlanishicha, bugun, 6 mart kuni “Aqto‘be-Astraxan” avtomobil yo‘lining 120-kilometrida “Lada Largus” va “Toyota Hilux” avtomobili to‘qnashgan.
Voqea joyiga viloyat IIB huzuridagi tergov-tezkor guruhi hamda tuman prokuraturasi xodimlari yetib kelgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, to‘qnashuv oqibatida “Lada Largus” avtomobilining 8 nafar yo‘lovchisi voqea joyida halok bo‘lgan, ularning shaxsi aniqlanmoqda. “Toyota Hilux” rusumli avtomashina haydovchisi va 2 nafar yo‘lovchisi Mug‘aljar tumani markaziy tuman shifoxonasiga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Tergov ishlarini viloyat prokurori shaxsan o‘z nazoratiga olgan, deyiladi xabarda.
Sarvar Xurramov
Live
BarchasiO‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi
12 aprel