Qozog‘istondagi yirik YTHdan jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklar ham bormi?

Olam

image

Kecha, 31 yanvar kuni Qozog‘istonning Jambil viloyati, Jualin tumani, Nurlikent qishlog‘i yaqinidagi “G‘arbiy Yevropa-G‘arbiy Xitoy” avtomobil yo‘lining 567 kilometrida 26 ta avtotransport vositalari ishtirokida yirik yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgandi. Ushbu YTHdan jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘qligi aniqlandi. Bu haqda mamlakatning Olmaotadagi Bosh konsulxonasi ma’lum qildi.

Bildirilishicha, Bosh konsulxona xodimlari mazkur hodisa yuzasidan tezkor surishtiruv ishlarini olib borgan. 

“Jambil viloyatining Favqulodda vaziyatlar departamenti bergan ma’lumotiga ko‘ra, yuqorida zikr etilgan baxtsiz hodisa tufayli jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari mavjud emasligi aniqlandi”, deyiladi Bosh konsulxona bayonotida.

Jambil viloyati IIB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, noqulay ob-havo sharoiti (muz, ko‘rish imkoniyati cheklangani, qor bo‘roni) tufayli 26 ta transport vositasi – to‘rtta yo‘lovchi avtobusi, to‘rtta yuk mashinasi va 18ta yengil avtomobil to‘qnashib ketgan.

“Jabrlangan 25 nafar fuqaroga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda, ulardan biri voyaga yetmagan bola. Uning ahvoli o‘rtacha. 4 nafar bemor reanimatsiyada. Besh kishi jarrohlik bo‘limida, yana 15 nafari turli darajadagi tan jarohatlari olgan”, deyiladi viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Qozog'iston O'zbekiston Jambil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made