Qozog‘istondagi suv toshqini sababli 7 viloyatda transport harakati cheklandi
Olam
−
08 aprel
5620Suv toshqinlari tufayli uzunligi 679 kilometrdan ortiq bo‘lgan Aqto‘be, Oqmo‘la, Atirau, Qo‘stanay, Pavlodar, Mang‘istau va Shimoliy Qozog‘iston viloyatlaridagi 14 ta respublika ahamiyatga ega avtomobil yo‘lida transport harakati cheklangan. Bu haqda “KazAvtoJol” NK AJ xabar berdi.
Ushbu viloyatlarda 3702 ta xususiy turarjoy, 562 ta hovli, 1822 ta dala va 73 ta turli maqsadlardagi binolar suv ostida qolmoqda. Shuningdek, yo‘llarda 155 ta suv toshqini qayd etilgan.
G‘arbiy Qozog‘iston viloyatidagi Jaiyq, Shagan va Derkul daryolarida suv sathining ko‘tarilishi davom etmoqda. Dam olish hududlari suv ostida qolmoqda va Uralsk shahridagi “Temir Zaton” dacha massivini suv bosishi xavfi mavjud.
Qostanay viloyatida odamlar Tobol shahri va “Oltinsarina” qishlog‘idan evakuatsiya qilinmoqda. Chunki Qo‘stanay, Tobol shaharlari, turar-joy massivlari, savdo markazlari, dam olish markazlari va boshqalar hududidagi qo‘shni hududlar suv ostida qolishi mumkin.
Shimoliy Qozog‘iston viloyatida Chaglinka daryosida suv sathi ko‘tarilishi munosabati bilan Tayinsha shahrida, Tayinsha tumanidagi “Krasnaya Polyana” qishlog‘ida erigan suv miqdori oshishi sababli suv toshqini xavfi bor.
Yesil daryosida suv sathining ko‘tarilishi munosabati bilan G‘.Musrepov tumanidagi “Do‘stlik” qishlog‘ini suv bosishi xavfi ham mavjud. O‘zinjar qishlog‘ida esa to‘rtta hovli suv ostida qolgan.
Qarag‘anda viloyati Shet tumanidagi Oqshatau vodiysida Tanatbay to‘g‘onida suv oqish aniqlangan. Qorasoy daryosi bo‘yida to‘g‘ondan 14 km pastda joylashgan “Jarilgap botir” qishlog‘idagi 65 ta uydan 66 kishi evakuatsiya qilingan.
Eslatib o‘tamiz, 6 aprel kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev televideniye orqali xalqqa murojaat yo‘llagan va unda mart oyida boshlangan yirik suv toshqinlari so‘nggi 80 yil ichida respublikadagi eng yirik tabiiy ofatga aylanganini aytgandi.
LiveBarchasi