Qozog‘istondagi saylovda katta farq bilan Toqayevning qo‘li baland kelyapti

Olam

Xabaringiz bor, kecha, 9 iyun kuni Qozog‘istonda navbatdan tashqari Prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Unda 7 nomzod – Qosim-Jomart Toqayev, Jambil Axmetbekov, Daniya Yespayeva, Toleutay Rahimbekov, Amirjan Kosanov, Sadibek Tugel va Amangeldi Taspixov Prezidentlikka kurash olib bordi. Qozog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasidan ma’lum qilinishicha, saylovda ovoz beruvchilarning 77,4 foizi ishtirok etgan. Ovoz berish jarayoni 9 iyun, yakshanba kuni soat 06:00 da boshlanib, soat 20:00 da, G‘arbiy Qozog‘istonning beshta viloyatida vaqt farqlari bilan soat 21:00 da yakuniga yetdi. 

“Qog‘amdыq pіkіr” instituti Prezident saylovining ekzit-pol natijalarini e’lon qildi. 

Unga ko‘ra, umumiy saylovchilar bergan ovozlarning 70,13 foizi Qosim-Jomart Toqayevga, 15,39 foizi Amirjan Kosanovga, 5,32 foizi Daniya Yespayevaga, 3,86 foizi Jambil Axmetbekovga, 3,03 foizi Toleutay Rahimbekovga, 1,41 foizi Amangeldi Taspixovga, 0,86 foizi Sadibek Tugelga tegishli. 

Bundan ko‘rinib turibdiki, saylovda katta farq bilan mamlakatning amaldagi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayevning qo‘li baland kelmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, mamlakatni 30 yilga yaqin muddat boshqarib kelgan Nursulton Nazarboyev joriy yilning 20 mart kuni Prezidentlik lavozimidan iste’fo olgach, vakolatlarini Senat raisi Qosim-Jomart Toqayevga topshirgan edi. 

Ma’lumot o‘rnida, Qosim-Jomart Toqev 1953 yilning 17 may kuni Olma-ota shahrida tavallud topgan. U 2013 yildan 2019 yilning mart oyiga qadar Qozog‘iston Respublikasi Senati raisi lavozimida faoliyat yuritgan. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Qosim-Jomart Toqaev Prezident saylovi

Baholaganlar

20

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing