Qozog‘istondagi parlament saylovlarining dastlabki natijalari ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Avval xabar berganimizdek, kecha, 19 mart kuni Qozog‘istonda Majlis (parlamentning quyi palatasi)ga saylovlar bo‘lib o‘tgan edi. Unda 7 partiya ishtirok etdi. Hozirda ovozlarni hisoblash davom etayotgan bo‘lsada, “Sotsis A” keng qamrovli ijtimoiy tadqiqotlar instituti tomonidan o‘tkazilgan exit-poll natijalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, saylovda Prezident To‘qayev partiyasi bo‘lgan “Amanat” yetakchilik qilmoqda. Bu haqda “Tengri news” xabar berdi

“Saylovchilarning 54,42 foizi “Amanat” partiyasiga ovoz berdi”, deydi tadqiqot tashkiloti rahbari Alibek Tojiboyev.

So‘rov natijalariga ko‘ra, partiya ro‘yxati bo‘yicha parlamentga kirish uchun zarur bo‘lgan besh foizlik chegaradan “Ovul” (10,21 foiz), “Respublika” (8,79 foiz), “Aq Jol” (8,21 foiz) va Qozog‘iston Xalq partiyasi (6,89 foiz) ham o‘tgan. Umummilliy sotsial-demokratik partiya (4,91 foiz) va “Baytak” yashillar partiyasi (2,17 foiz) esa katat muvaffaqiyat qozonmagan.

Partiya ro‘yxatlari bo‘yicha ovoz berish natijalariga ko‘ra 69 nafar deputatlik mandati sohiblari aniqlanadi. Bir mandatli majoritar saylov okruglari bo‘yicha parlamentdagi qolgan 29 o‘rin uchun ham partiya vakillari, ham o‘z-o‘zini ko‘rsatgan nomzodlar raqobatlashdi.

Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, saylovda saylovchilarning 54,19 foizi ishtirok etgan. MSK saylovning oraliq natijalarini bugun, 20 mart kuni e’lon qilmoqchi.

Ma’lumot uchun, exit-poll jahon sotsiologik amaliyotida qo‘llaniladigan, fuqarolardan ovoz berishdan keyin saylov uchastkalaridan chiqishda olinadigan sotsiologik so‘rov.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing