Kurs UZS

USD

12 927.17

36.74

EUR

14 717.58

-3.29

RUB

155.73

-0.31

Qozog‘istonda yuzlab bolalar kana chaqishidan zaharlandi

Olam

image

Joriy yilning bahor fasli boshlanishi bilanoq Qozog‘istonning Olmaota viloyatida yashovchi 100 ga yaqin bola kana chaqishidan jabrlangan. Bu haqda shahar sanitariya-epidemiologiya nazorati departamenti yuqumli va parazitar kasalliklarni nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i Almash Ahmedova xabar berdi.

“Epidemiologik mavsum boshidan buyon 186 kishi jabrlandi, ulardan 89 nafari 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar. Barchaga travmatologiya punktlarida shoshilinch profilaktika o‘tkazildi. Bu yil 1 martdan boshlab odamlar murojaat qilmoqda”, degan Almash Ahmedova.

Uning ta’kidlashicha, chaqishdan keyin yordam so‘rab murojaat qilganlarning 60 foizdan ortig‘i ularni Olmaota viloyatida orttirib olgan.

Ma’motlarga ko‘ra, o‘tgan yili virusli kana ensefalitining uchta holati, shuningdek, kana borreliozining bitta holati qayd etilgan.

Kasallanishlarning aksariyati tog‘li hududlarda sodir bo‘lgan. Infeksiya yuqtirish holatlarining atigi 4-5 foizi park zonalariga to‘g‘ri keladi.

“Shahar ichida profilaktika maqsadida ishlar olib borilmoqda. Monitoring o‘tkazganimizda zararlangan kanalarni uchratmaymiz. Ular asosan tog‘li hududlarda kuzatiladi. Virus qayerda aylanayotgani aniq bo‘lishi uchun chegaralar belgilanmoqda. Biz bu zararlangan kanalar allaqachon tushganmi yoki yo‘qligini kuzatmoqdamiz”, deya qo‘shimcha qilgan Ahmedova.

Uning so‘zlariga ko‘ra, virusga qarshi tadbirlar faqat shahar hududida amalga oshiriladi, xususiy hudud egalari ushbu xizmat turini olish uchun hokimiyatga o‘zlari murojaat qilishlari kerak.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston Respublikasining Turkiston viloyatida 15 yoshli o‘smir kana chaqishi oqibatida vafot etgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Olmaota kana Almash Ahmedova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing