15 yashar o‘smir kana chaqishi oqibatida vafot etdi

Olam

image

Qozog‘iston Respublikasining Turkiston viloyatida 15 yoshli o‘smir kana chaqishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda “Xabar24.kz” xabar berdi.

Viloyatning Sauran tumanida yashovchi bola shifoxonada ko‘rsatilgan tez tibbiy choralarga qaramay vafot etgan. Mahaliy shifokorlar bemor kana chaqqanidan keyin ularga tezda murojaat qilmaganini iddao qilgan. Ushbu holat bilan shikoyat qilgan boshqa bemorlar ularning nazorati ostida ekani aytilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi infeksiya holatlari viloyatning 6 tumani va Turkiston shahrida aniqlangan.

Turkiston viloyati sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Baxtyoraz Yelemesovning ma’lum qilishicha, joriy yil boshidan buyon viloyatdagi tibbiyot tashkilotlariga kana chaqishi bilan 985 nafar fuqaro murojaat qilgan.

Mutaxassislarning fikricha, doimiy davolanishga qaramay, kanani butunlay yo‘q qilish ilojsiz. Kana chaqqanda shoshilinch ravishda travmatologiya markaziga borish va uni tezda, zahri tananing boshqa qismlariga tarqalmasdan oldin olib tashlash va tishlangan joyni tekshirish va davolash kerak.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston kana

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing