Qozog‘istonda O‘zbekistonni sharmanda qilgan ayollar qo‘lga olindi

3-sahifa

image

Qozog‘istonning Olmaota shahrida fohishalik bilan shug‘ullanayotgan o‘zbekistonlik ayollar ushlandi. Bu haqda “Polisia.kz” nashri xabar berdi. 

Gap shundaki, 2 oktyabrdan 8 oktyabrga qadar Olmaota shahrida Qozog‘iston Respublikasida noqonuniy bo‘lib turgan chet el fuqarolarini aniqlash, shuningdek, noqonuniy migratsiya oqimlarini to‘sishga qaratilgan “Noqonuniy mehmon” milliy favqulodda vaziyatlarning oldini olish profilaktika tadbiri o‘tkazilmoqda. Ushbu tadbir doirasida xorij fuqarolari eng ko‘p to‘planadigan joylar: yotoqxonalar, mehmonxonalar, qurilish maydonchalari, umumiy ovqatlanish shoxobchalari va boshqa jamoat joylarida reydlar o‘tkazilgan. Ushbu jarayonda mehmonxona majmualaridan birida intim xizmat ko‘rsatuvchi ayollar qo‘lga olingan. Ularning 7 nafari O‘zbekiston fuqaroi ekanligi aniqlangan. 

“Shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan chet ellik ayollar Politsiya departamenti (PD) qabulxonasiga joylashtiriladi. Kelgusida migratsiya qonunchiligini buzgan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortiladi, jazolanadi va Qozog‘istondan chiqarib yuboriladi”, degan Olmaota PD migratsiya xizmati bo‘limi boshlig‘i Asxat Butunchinov. 

Eslatib o‘tamiz, Odam savdosi jinoyatida gumonlanib, xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Maskatdan Toshkentga olib kelindi. 


Maqola muallifi

Teglar

fohishalik Qozog'iston O'zbekiston ayollar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing