Qozog‘istonda o‘zbekistonliklar ketayotgan avtobusda yong‘in chiqdi

Olam

image

Kecha, 4 iyun kuni Qozog‘istonning Qarag‘andi viloyatida 5 nafar o‘zbekistonlik yo‘lovchisi bo‘lgan avtobusda yong‘in chiqdi. Bu haqda Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Abay tumanidan o‘tuvchi “Ostona – Qarag‘andi – Olmaota” avtomobil yo‘lining 960-kilometrida “Ostona – Chimkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan yo‘lovchi avtobusining motor qismida yong‘in chiqqan. Yong‘in favqulodda xizmatlar yetib kelishidan oldin avtobus haydovchilari tomonidan bartaraf etilgan.

FVV xodimlari avtobusda bo‘lgan barcha yo‘lovchilarni xavfsiz tarzda evakuatsiya qilgan va yo‘l chetidagi oromgohga olib borib, u yerda ularga kerakli yordam ko‘rsatgan.

Bildirilishicha, avtobus salonida 34 yo‘lovchi, jumladan 9 nafar bola bo‘lgan. Yo‘lovchilar orasida jami 5 nafar O‘zbekiston fuqarolari ham bo‘lgan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatidagi Samara-Shimkent avtomobil yo‘lida sovuqda qolib ketgan O‘zbekiston, Rossiya va Tojikiston fuqarolari evakuatsiya qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Qozog'iston avtobus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing