Qozog‘istonda o‘nlab o‘zbeklar buzilib qolgan avtobus ichida qolib ketdi

Olam

image

Qozog‘istonning Aqtube viloyatidan o‘tuvchi Samara – Chimkent yo‘lida ichida o‘zbekistonlik fuqarolar bo‘lgan avtobus buzilib qoldi. Bu haqda viloyat yo‘l patrul xizmati xabar bermoqda.

Politsiya bergan ma’lumotlarga ko‘ra, avtobusning ort podveskasi zarar ko‘rgan, payvandlash ishlariga ehtiyoj tug‘ilgan. Salonda 54 nafar kishi bo‘lgan. Ularning 50 nafari o‘zbek, qolgan 4 nafari Tojikiston fuqarolari bo‘lgani aytilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, avtobus Rossiyaning Perm shahridan O‘zbekistonga yo‘l olgan. Transport vositasining buzilishi oqibatida yo‘lovchilar o‘ta sovuq havoda bir necha soat qolib ketishgan.  

Politsiya xodimlari barcha yo‘lovchilarni yaqin oradagi avtomobillarga yoqilg‘i qo‘yish shoxobchasiga olib borishgan, ularga issiq choy ulashishgan. Shundan so‘ng payvandlash apparati yordamida avtobusning zarur qismlari ta’mirlangan.

Ta’mirlangan avtobus Irgiz tumaniga yetib kelgach, yana buzilib qolgan. Politsiya xodimlari voqea joyiga yetib kelishgan va yo‘lovchilarni kempingga eltishgan. Avtobus qayta ta’mirlangan va Qizilo‘rda viloyatigacha kuzatib qo‘yilgan.

Sarvar Anvar o‘g‘li


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qozog'iston avtobus

Baholaganlar

87

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing