Qozog‘istonda turib xorijda ishlaydigan chet elliklar uchun yangi viza joriy etildi

Olam

image

Qozog‘istonda masofadan turib ishlayotgan xorijlik sayyohlar uchun Neo Nomad vizasining yangi turi joriy etildi. Bu haqda kecha, 1 noyabr kuni respublika Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Viza olish uchun chet el fuqarosi Qozog‘istondan tashqarida kamida 3 ming dollar barqaror daromadini ko‘rsatishi kerak. Arizachilarga tibbiy sug‘urta va politsiya ruxsatnomasi ham kerak bo‘ladi.

Yangi viza rejimi sayyohlarga xorijiy kompaniyalarda ishlashda davom etgan holda bir yilgacha mamlakatda qolish imkonini beradi.

“Bu ularga nafaqat mamlakat madaniyati va hayotiga chuqur kirish imkonini beradi, balki Qozog‘istonga iqtisodiy foyda keltiradi. Agar 500 kishi viza olsa, vizaning joriy etilishidan iqtisodiy samara yiliga 3,6 milliard tengeni (7,3 million dollar) tashkil etishi kutilmoqda”, deyiladi vazirlik xabarida.

Viza Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev tomonidan tasdiqlangan. Bu Yevropa mamlakatlarida mashhur Digital Nomad dasturining analogiga aylangan. Raqamli ko‘chmanchi vizasi 50 dan ortiq mamlakatda mavjud bo‘lib, har birining o‘z daromadi va qolish muddati talablari mavjud. Ular odatda 6 oydan 2 yilgacha bo‘ladi.

Turizm va sport vaziri Erbol Mirzabo‘sinovning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston bugungi kunda zamonaviy ko‘chmanchilar sayohati xaritasining bir qismiga aylangan. Olmaota va Ostona shaharlari allaqachon neo-ko‘chmanchilar uchun jozibador bo‘lgan Top-150 shaharlar qatoriga kiritilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yil 27 yanvarda Qozog‘istonda yangilangan migratsiya qoidalari kuchga kirgani xabar qilingandi. Unga ko‘ra, Qozog‘istonga vizasiz kelgan chet elliklar mamlakatda qonuniy ravishda 30 kun, jami 180 kunlik bir kalendar davrida 90 kungacha bo‘lishi mumkin.

Xususan, O‘zbekiston fuqarolari qo‘shni Qirg‘izistonda 60 kungacha, Qozog‘istonda esa 30 kungacha vizasiz yurishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Neo Nomad vizasi chet elliklar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing