Qozog‘istonda Toyota yonib ketishi oqibatida 4 o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
3-sahifa
−
20 may 2023
8824Qozog‘istonning Atirau viloyatida YTH yuz berishi oqibatida Toyota yonib ketib, unda bo‘lgan 4 nafar o‘zbekistonliklar halok bo‘ldi. Bu haqda “Polisia.kz” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 20 may kuni Do‘sor-Ko‘lsari-Beyneu avtomobil yo‘lining 133-kilometrida Toyota Ipsum yengil avtomobili va KamAZ yuk mashinasi to‘qnashib ketgan.
Oqibatda Toyota yonib ketib, haydovchi va 3 nafar yo‘lovchi halok bo‘lgan. Ikki yo‘lovchi turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan.
Atirau viloyati politsiya departamenti komandiri Adilbek Shaxmetovning aytishicha, qurbonlarning O‘zbekiston fuqarolari ekani ma’lum bo‘lgan.
“Yil boshidan buyon Toyota haydovchisiga 10 marta ariza berilgan. Unga nisbatan yo‘l harakati vaqtida tezlikni oshirib yuborgani uchun 8 marta, xavfsizlik kamarini taqmagani uchun 2 marta bayonnoma tuzilgan”, deydi u.
Holat bo‘yicha tergov olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 17 may kuni Qozog‘istonning Oqto‘be viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida ikki nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgan edi.
LiveBarchasi