Qozog‘istonda sodir bo‘lgan YTHda 9 kishi halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Qozog‘istonning Turkiston viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Tengrinews” xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, bugun, 17 iyul kuni Turkiston viloyati hududidan o‘tgan Ekpindi–So‘zak avtomobil yo‘lida Nissan, Toyota Smary va Volkswagen Grafter avtomobillari to‘qnashib ketgan. Hodisa oqibatida mazkur transport vositalarida yong‘in yuzaga kelgan.

“To‘qqiz kishi voqea joyida vafot etgan. 13 kishi shifoxonaga yotqizildi, ikki kishi esa yotishdan bosh tortdi”, deyiladi xabarda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, YTH Nissan yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketishi oqibatida yuzaga kelgan. Hozirda holat yuzasidan viloyati IIB rahbariyati surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 16 iyul kuni Qozog‘istonning Atirau viloyatida Chevrolet Cobalt avtomobili Toyota Ipsum rusumli avtomashina bilan to‘qnashib, YTH sodir bo‘lgandi. Oqibatda ikki mashina ichida bo‘lgan yetti nafar yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan. Ikki kishi Jiloy viloyat shifoxonasiga yetkazilgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Qozog'iston Turkiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing