Qozog‘istondagi YTHda 7 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Qozog‘istonning Atirau viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Tengrinews” nashri xabar berdi.

Keltirilishicha, voqea kecha, 16 iyul kuni Do‘sor–Qulsari–Beyneu avtomobil yo‘lining 82-kilometrida sodir bo‘lgan. Chevrolet Cobalt avtomobili Toyota Ipsum rusumli avtomashina bilan to‘qnashib ketgan. Oqibatda ikki mashina ichida bo‘lgan yetti nafar yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan. Ikki kishi Jiloy viloyat shifoxonasiga yetkazilgan.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu avtomashinalar haydovchilari avval ham tezlikni oshirgani uchun bir necha bor javobgarlikka tortilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning may oyida Atirau viloyatida YTH yuz berishi oqibatida Toyota yonib ketib, unda bo‘lgan 4 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Qozog'iston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing