Qozog‘istonda poyezd vagonlari relsdan chiqib ketdi (video)

Olam

image

Qozog‘istondagi “Shalkar-Jem” uchastkasining Kauiljir stansiyasida yuk poyezdining sakkiz vagoni relsdan chiqib ketdi. Bu haqda “Qozog‘iston temir yo‘li” Milliy kompaniyasi” OAJ matbuot xizmati xabar berdi.

Hodisa bugun, 27 mart kuni soat 09:30 lar atrofida Aqto‘be viloyatida sodir bo‘lgan. 58 ta vagondan sakkiztasi relsdan chiqib ketgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Hozirda stansiyada restavratsiya ishlari olib borilmoqda.

“Jabrlanganlar va qurbonlar yo‘q. Halokat sodir bo‘lgan joyga qutqaruv poyezdlari jo‘natildi. Maxsus komissiya qulash sabablarini o‘rganmoqda”, deya izoh berdi kompaniya matbuot xizmati.

Vagonlarning relsdan chiqib ketishi tufayli Olmaota-Akto‘be va Uralsk-Olmaota yo‘nalishlarida yo‘lovchi poyezdlari qatnovida kechikish kuzatildi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston poezd

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing