Qozog‘istonda politsiya suddan o‘zbekistonlik erkakni deportatsiya qilishni so‘radi

Jamiyat

image

Qozog‘iston Respublikasining Ulan tuman sudi mamlakat hududidan o‘zbekistonlik erkakni chiqarib yuborish haqidagi Ulan tuman Ichki ishlar bo‘limining arizasi bo‘yicha fuqarolik ishini ko‘rib chiqdi. Bu haqda Sharqiy Qozog‘iston viloyat sudi xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston fuqarosi Qarag‘anda viloyatining jinoyat ishlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tumanlararo sudining hukmi bilan Jinoyat kodeksining 96-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bo‘yicha aybdor deb topilgan va unga 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan bo‘lgan. Uning jazoni qat’iy tartibdagi koloniyada o‘tashi belgilangan.

2021 yil 21 oktyabrda Shemonayxa tuman sudi qarori bilan u shartli ravishda muddatidan ilgari ozod qilingan. Uning o‘talmay qolgan muddati – 3 yil 3 oy 3 kun uchun probatsion nazorat belgilangan. Shartli ravishda ozodlikka chiqarish muddati 2025 yil yanvar oyida yakunlangan.

Qozog‘istonning amaldagi qonunchiligiga ko‘ra, agar og‘ir jinoyat sodir etgan chet ellik shaxs Qozog‘iston qonunlarini buzgan bo‘lsa, u mamlakatdan chiqarib yuborilishi mumkin. Shu sababli sud uni Qozog‘iston hududidan chiqarib yuborish haqida qaror chiqargan. Qaror hali qonuniy kuchga kirmagan.


Maqola muallifi

Teglar

sud Qozog'iston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing