Qozog‘istonda politsiya boshlig‘i xodimlarini rogatka bilan o‘qqa tutgani uchun ishdan haydaldi (video)

Olam

image

Qozog‘istonning Abay viloyati Shar shahri politsiya boshqarmasi boshlig‘i o‘z qo‘l ostidagilarni rogatka bilan o‘qqa tutgani uchun ishdan bo‘shatildi. Bu haqda 16 iyul kuni “Kazinform” agentligi viloyat politsiya boshqarmasiga tayanib xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda avvalroq politsiyachi o‘z qo‘l ostidagilarni rogatka bilan otgani aks etgan kadrlar tarqalgan edi. Voqea yuzasidan ichki tekshiruv o‘tkazildi. Aniqlanishicha, rahbar o‘z xodimlariga nisbatan g‘arazli niyatsiz bunday harakatlarni sodir etgan, biroq boshqarma bu jazoni yengillashtiruvchi holat emasligini ta’kidlagan.

“Intizom komissiyasi xulosasiga ko‘ra, Jarma tumani Shar shahar IIB boshlig‘i Dauren Aljaparov mansab etikasi normalarini buzgani uchun egallab turgan lavozimidan ozod etildi”, deyiladi xabarda.

Ammo boshqa tafsilotlar oshkor etilmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning Uralsk shahrida qimor o‘yinlarida qatnashgani uchun 24 nafar mansabdor shaxs intizomiy javobgarlikka tortildi, ulardan 16 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston rogatka politsiya boshlig'i

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing