Qozog‘istonda narkobiznesga aralashgan amaldorlar umrbod qamalishi mumkin

Olam

image

Qozog‘istonda narkotik moddalarga oid jinoyatlarda ishtirok etgan davlat xizmatchilari umrbod qamalishi mumkin. Bu haqda Qozog‘iston parlamenti deputati Asxat Aymagambetov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ushbu tashabbus Qozog‘iston parlamentining quyi palatasi – Majlis deputatlari tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, hukumat tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Deputatning so‘zlariga ko‘ra, bu o‘zgarish Qozog‘istonda narkotik moddalar bilan bog‘liq eng jiddiy tahdidlarni bartaraf etish uchun muhim qadam hisoblanadi. Xususan, davlat xizmatchilari yoki “pogondagi jinoyatchilar” o‘z lavozimlarini suiiste’mol qilgan holda narkotik savdosiga aralashsa, bu fuqarolarning davlatga bo‘lgan ishonchini susaytiradi va xalqning sog‘lig‘i hamda xavfsizligiga tahdid soladi.

Ushbu qonun loyihasi orqali deputatlar narkotik savdosi bilan shug‘ullangan davlat amaldorlariga maksimal darajada qattiq chora – umrbod qamoq jazosi tayinlashni taklif qilmoqda. Tashabbusning asosiy maqsadi nafaqat aybdorlarni jazolash, balki bunday jinoyatlarning oldini olish hisoblanadi.

“Hukumat narkotik moddalar savdosi bilan shug‘ullangan mansabdor shaxslarga nisbatan qattiqroq jazo – umrbod qamoq jazosini nazarda tutuvchi tuzatishimizga ijobiy xulosa berdi”, deb yozadi u.

Xususan, tuzatish huquq-tartibot idoralari – Qozog‘iston Bosh prokuraturasi va Ichki ishlar vazirligining har tomonlama qo‘llab-quvvatlashi bilan qabul qilingan.

“Ishchi guruhdagi deputatlar ushbu tuzatishni qo‘llab-quvvatladi. Bu fuqarolarimiz uchun eng dahshatli tahdidlardan biriga qarshi kurashda muhim qadamdir”, deb yozadi Aymagambetov.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston amaldor narkobiznes

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing