Qozog‘istonda MMA jangchisining jasadi topildi
Sport
−
23 Sentabr 2024 15534 1 daqiqa
20 sentyabr kuni aralash yakkakurash jangchisi Vusal Jafarovning jasadi Qozog‘istonning Oqtov shahridagi 3-mikrorayonda chiqindi konteynerlari yonidan topildi. Bu haqda “Lada.kz” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, sportchining tanasi shishib, qoraygan va tanib bo‘lmas darajaga kelgan. Politsiya bo‘limi ham bu ma’lumotni tasdiqladi.
“Erkakning jasadi topilgani bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv boshlangan. Ekspertiza tayinlandi. Hozirda tergov davom etmoqda. Boshqa ma’lumotlar tergov manfaati uchun oshkor etilmayapti”, deya bayonot berdi politsiya bo‘limi.
Internet foydalanuvchilarning xabar berishicha, Vusal Jafarov kaltaklangan va uning jasadi bir necha kun ko‘chada yotgan.
Ma’lumot uchun, Vusal Jafarov 1994 yil 10 yanvarda tug‘ilgan. U professional faoliyatini 2015 yilda boshlagan. U MMA'da 4 ta jang o‘tkazib, 1 tasida g‘alaba qozongan va 3 ta jangda mag‘lub bo‘lgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025