Qozog‘istonda MiG-31 qiruvchi samolyoti halokatga uchradi
Olam
−
17 aprel 2020
6986Kecha, 16 aprel kuni Qozog‘istonning Qorag‘anda shahri yaqinida rejali parvozni amalga oshirayotgan MiG-31 qiruvchi samolyoti halokatga uchradi. Samolyot Qozog‘iston Qurolli kuchlariga tegishli bo‘lgan. Bu haqda "Tengrinews" xabar berdi.
Parvoz boshlanganda samolyotning motorlaridan biri yona boshlagan. Uchuvchilar qiruvchini aholi yashash punktidan olib ketgan va samolyotdan sakragan. Ularni shifoxonaga yotqizishgan. Shifokorlar uchuvchilardan birining ahvolini qoniqarli, ikkinchisini o‘rta darajada og‘ir deb baholyapti.
Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, halokatga uchragan qiruvchini podpolkovnik darajasidagi tajribali uchuvchilar boshqargan. Ularning umumiy parvoz vaqti 1161 va 888 soatga teng bo‘lgan. Halokatga uchragan MiG 1991 yilda ishlab chiqarilgan. Ushbu avariya Qozog‘istonda MiG-31 bilan bog‘liq to‘rtinchi holat bo‘ldi.
Qozog‘iston Mudofaa vazirligi komissiyasi MiG-31 qiruvchisi halokati bo‘yicha tekshiruv boshladi.
LiveBarchasi