Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 20 000 ga yaqinlashdi

Jamiyat

image

Qozog‘istonda o‘tkan kechada koronavirus bilan kasallanish holatlari 520 taga oshib, 19 285 taga yetdi. Bu haqda Qozog‘istonda koronavirus tarqalishi haqida rasmiy axborot berib boriluvchi Telegram kanalda xabar qilindi.

Mamlakatda kunlik o‘sish 2,8 foizga teng bo‘ldi. Eng ko‘p kasallanish Nur-Sulton (62), Olma-ota (60), Sharqiy Qozog‘iston viloyati (48), G‘arbiy Qozog‘iston viloyatida (46) aniqlandi.

Bir kechada 368 kishi sog‘aygan. Jami sog‘ayganlar 11 882 nafarga yetdi.

Bugungacha virusdan 136 kishi vafot etgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Qozog'istonda

Baholaganlar

75

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing