Qozog‘istonda koronavirusdan o‘lim bo‘yicha rekord o‘rnatildi

Olam

image

Qozog‘istonda o‘tgan sutkada koronavirus infeksiyasidan o‘lim holatlari bo‘yicha rekord qayd etildi. Bu haqda Qozog‘istonning koronavirusga qarshi kurash tezkor shtabi xabar berdi.

Mamlakatda 10 iyun kuni jami 6 kishi vafot etdi: Nur-Sulton shahrida to‘rt, G‘arbiy Qozog‘iston va Qorag‘anda viloyatlarida bir nafardan.

Shuningdek, bir sutkada 239 kishida koronavirus aniqlanib, o‘sish 1,8 foizni tashkil qildi. Hozirda jami kasallanganlar 13 558 nafarga yetdi. Ularning 8345 nafari sog‘aygan va 67 nafari vafot etgan.

Bundan tashqari, sutka davomida 393 ta alomatlarsiz koronavirus bemori aniqlandi. Ular umumiy statistakaga kiritilmaydi. Hozirgacha jami 2529 ta alomatlarsiz holat qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Qozog'istonda

Baholaganlar

742

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing