Qozog‘istonda koronavirus yuqtirganlar 5,5 mingdan oshdi

Jamiyat

image

Qozog‘istonda koronavirus infeksiyasini yuqtirish holatlari o‘tgan bir sutkada 118 taga ko‘payib, o‘sish 2,1 foizga teng bo‘ldi. Hozirda jami virus yuqtirganlar 5689 nafarga yetdi. Bu haqda Qozog‘istonda koronavirus tarqalishi bo‘yicha ma’lumot berib boruvchi rasmiy Telegram-kanalda xabar berildi.

Shifoxonadan 123 nafar bemor sog‘ayib, chiqdi. Shuningdek, poytaxt Nur-Sultonda 2 kishi halok bo‘ldi. Shu tariqa mamlakatda koronavirusdan vafot etganlar 34 nafarga yetdi.

Hozirgacha jami bemorlarning 2531 nafari sog‘aygan.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda karantin choralarini yumshatish boshlangan. Mamlakatda masjid, kafe va mehmonxonalar ochilishiga ruxsat berildi. Bundan tashqari, Nur-Sultonda jamoat transporti harakati ham tiklanadigan bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Qozog'istonda

Baholaganlar

79

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing