Qozog‘istonda kon qulashi oqibatida 7 ishchi halok bo‘ldi
Olam
−
18 fevral
1739Qozog‘istonning Ulitau shahrida joylashgan “Jomart” konidagi fojia oqibatida konning yetti ishchisi halok bo‘ldi. Bu haqda konga egalik qiluvchi Kazakhmys xoldingi xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, konda tosh qulashi sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida yetti kishi vayronalar ostida qolgan. Kabellar uzilib qolgani sababli ishchilar bilan aloqa bo‘lmagan.
Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotni tasdiqladi. Boshqarma xodimlari tomonidan favqulodda vaziyatlarda qutqaruv ishlari olib borilmoqda.
Voqea joyiga Ulitau va Qarag‘anda viloyatlari Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining kuch va vositalari, jumladan kinologlar, Tabiiy ofatlar tibbiyoti markazi xodimlari va Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi psixologlari yuborilgan.
Bugun, 18 fevral kuni tongda xolding dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Kazakhmys konlari uchun xos bo‘lmagan tabiiy gaz portlashi sodir bo‘lganini ma’lum qildi. Voqea sabablari va holatlari aniqlanmoqda. Fojiani tekshirish uchun maxsus hukumat komissiyasi tuzildi.
Favqulodda xizmatlar olti ishchining jasadini topgan. Yettinchi ishchini qidirish ishlari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning oktyabr oyida Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatidagi “Sayak-3” konida uglerod oksidi chiqishi oqibatida ikki ishchi halok bo‘lgandi. Ushbu kon ham Kazakhmys guruhiga qarashli edi.
LiveBarchasi