Qozog‘istonda klublar xususiylashtirildi

Sport

image

Qozog‘istonning turli hududlaridan olti-yettita professional futbol klubi allaqachon qisman xususiylashtirilgan. Bu haqda Qozog‘iston Turizm va sport vazirligi Sport va jismoniy tarbiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Nurlan Yesembayev Sport kuniga bag‘ishlangan anjumanda ma’lum qildi.

“Hozirda bizda allaqachon tijoratlashtirilgan olti yoki yettita klub bor va biz yana ko‘proq klublarni tayyorlamoqdamiz. Biroq tijoratlashtirishning so‘nggi muddati – 2027 yil mart”, deydi u.

Yesembayevning ta’kidlashicha, bu mamlakatning turli hududlaridagi klublarga taalluqli bo‘lib, ular hozirda qisman xususiylashtirilgan. Uning tushuntirishicha, klublarning asosiy homiylari, odatda, shaharni tashkil etuvchi korxonalar hisoblanadi.

Shu bilan birga, klublar belgilangan limitlardan oshmagan holda davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘larni olishda davom etadi.

2025 yilda Qozog‘istonning Milliy xususiylashtirish idorasi mamlakatdagi yettita futbol klubini xususiy mulkka o‘tkazishni taklif qilgan edi. Prezident Qosim-Jomart To‘qayev avvalroq sport jamoalarini xususiylashtirish va ularning hududiy byudjetlarga qaramligini kamaytirish muhimligini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, Prezidentning 5887-sonli farmoniga ko‘ra, O‘zbekiston hududida ham 2030 yilgacha Superliganing barcha jamoalari xususiylashtirilishi kerak.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing