Qozog‘istonda qo‘lga olinganlar orasida o‘zbekistonliklar bormi?

Bu qiziq

image

Avvalroq, Qozog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi mamlakat bo‘ylab davom etayotgan namoyishlarda qo‘shni davlatlar fuqarolari ham qo‘lga olingani haqida xabar bergan edi. 

Ma’lumki, Qozog‘iston Rossiya, Xitoy, Turmaniston va O‘zbekiston bilan chegaradosh. Shundan kelib chiqib QALAMPIR.UZ muxbiri qo‘lga olinganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari ham bormi, degan savol bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga murojaat qildi. 

“Aniqlashtirilyapti. So‘rov yuborilgan, javob bo‘lishi bilan ma’lum qilinadi”, dedi QALAMPIR.UZ bilan muloqot qilgan TIV xodimi. 

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istondagi tartibsizliklardan so‘ng mamlakat huquq-tartibot organlari 4,2 mingdan ortiq odamni hibsga oldi.

IIBga ko‘ra, Olma-otadagi qishloqlardan birida 100 dan ortiq odam ushlangan. Shuningdek, Jambildagi qishloqlardan birida ham qurol-yarog‘ ombori topilgan. 

Bundan tashqari, texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchalaridan birida Olma-otadagi politsiyachilar patronlar, o‘q-dorilar va o‘g‘irlangan mol-mulklar (velosiped, televizor va uyali telefon)ni tortib olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'istondagi vaziyat

Baholaganlar

2997

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing