Qozog‘istonda qizamiqqa chalingan 30 bolaning ahvoli og‘irligi aytildi

Salomatlik

image

Qozog‘istonda qizamiq bilan kasallangan 30 nafar bolaning ahvoli og‘ir. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vaziri Ajar Giniyat ma’lum qildi. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘istonda 17 mingdan ortiq qizamiq kasalligi qayd etilgan, ularning 82 foizdan ortig‘i bolalarda, jumladan, 83 foizi emlanmagan bolalarda uchraydi. 

Qayd etilishicha, qizamiq bilan kasallanish holatlari barcha hududlarda aniqlangan. Hududlar kesimida: 

•    Chimkentda – 3 mingdan ortiq holat;

•    Olmaota va Jambil viloyatida – 2 mingdan ortiq holat; 

•    Olmaota, Mang‘istau, Aqto‘be, Qizilo‘rda, Atirau viloyatlarida – mingdan ortiq holat. 

Sog‘liqni saqlash vazirining ma’lum qilishicha, 2023 yil sentyabr oyidan boshlab bolalarning uyushgan guruhlarga to‘planishi tufayli kasallanishning keskin o‘sishi kuzatilmoqda. 

“Natijada kasallanish ikki baravar oshdi. Noyabr oyida 6 mingdan ortiq holat qayd etildi. Bugungi kunda mamlakatimizda qizamiq bilan kasallangan bemorlar uchun shifoxonalarda 3,5 mingdan ortiq o‘rin bor. 2 ming 375 nafar bola statsionarda davolanmoqda, shifoxonalar bandligi 60 foizni tashkil etadi. To‘shak zaxirasi – 1093.

Shifoxonalarda bemorlar o‘rinlarining to‘lishi Jambil viloyatida – 92 foiz, Olmaotada – 88 foiz, Turkiston viloyatida – 81 foiz, Chimkentda – 79 foizga teng. Shifoxonaga yotqizilganlarning 30 nafari og‘ir ahvolda reanimatsiyada davolanmoqda, shundan 15 nafari bir yoshgacha bo‘lgan bolalardir. O‘lim holatlari qayd etilmadi”, deydi vazir hukumat yig‘ilishida.

Eslatib o‘tamiz, 25 noyabr kuni O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi Namangan viloyatida 235 bola qizamiqqa chalinib, davolanayotganini ochiqladi. 


Maqola muallifi

Teglar

qizamiq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing