Qozog‘istonda qarovsiz qolgan bolalar O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat
−
09 aprel
1883Qozog‘istonning Olmaota shahrida ota-ona qaramog‘isiz qolgan 9 nafar o‘zbekistonlik bola mamlakatga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonning Olmaotadagi bosh konsulligi diplomatlari og‘ir ahvoldagi bolalarni qo‘llab-quvvatlash markazi davlat muassasasi va shahar Ta’lim boshqarmasi vakillari bilan birgalikda 6−17 yosh oralig‘idagi bolalarni o‘z vataniga qaytarish uchun barcha zarur hujjatlarni to‘ldirgan.
“Ular yaqin qarindoshlariga topshirilishi uchun O‘zbekiston IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xodimlariga topshirildi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, o‘tgan uch oyda xorijdan O‘zbekistonga qaytarilgan bolalar soni 93 nafarni tashkil qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi diplomatlari ko‘magida Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolib ketgan 16 nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga qaytarilgandi.
LiveBarchasi