Kurs UZS

USD

12 925.20

-11.96

EUR

13 982.48

45.28

RUB

152.58

-1.97

Qozog‘istonda qarovsiz qolgan 10 bola O‘zbekistonga qaytarildi

Olam

image

Bugun, 29 mart kuni Qozog‘istonning Olmaota shahridan ota-ona qaramog‘isiz qolgan 10 nafar o‘zbekistonlik bolalar mamlakatga qaytarildi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonning Qozog‘istondagi konsullik xodimlari ushbu bolalarning tez va xavfsiz vatanga qaytishini ta’minlash maqsadida barcha zarur hujjatlarni rasmiylashtirgan.

O‘zbekistonga qaytarilgach, bolalar vaqtincha Toshkent shahar IIBB qoshidagi voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirilgan.

“Bolalardan 8 nafari yaqin kunlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasiga yo‘l olishadi va u yerda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan tayyorlangan oila a’zolari va yaqin qarindoshlariga topshiriladi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, o‘tgan uch oyda xorijdan O‘zbekistonga qaytarilgan bolalar soni 31 nafarni tashkil qildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,5 barobar ko‘p.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 11 nafar voyaga yetmagan o‘zbekistonlik bola mamlakatga qaytarilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston O'zbekiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing