Qozog‘istonda is gazidan vafot etgan oila a’zolarining faqat bir nafari o‘zbekistonlik ekani aytildi

Olam

image

Avvalroq, Qozog‘istonning Mang‘istov viloyati Munayli tumani Basquduq qishlog‘idagi uyda o‘zbekistonlik bir oilaning yetti a’zosi is gazidan zaharlanib, vafot etgani haqida viloyat hokimligi matbuot xizmati tomonidan xabar berilgan edi. Is gazidan ortidan halok bo‘lganlarning faqat bir nafari O‘zbekiston fuqarosi ekani aytildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, faqat oila boshlig‘i O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib, u 1980 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida tug‘ilgan. U qozog‘istonlik ayol bilan oila qurgan. Ayoli va bolalari Qozog‘iston fuqarolari hisoblanadi.

Mang‘istov viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining dastlabki versiyasiga ko‘ra, kecha, 2 mart kuni yuz bergan fojia gaz uskunalaridan foydalanish qoidalarini buzish ortidan sodir bo‘lgan. Favqulodda holat sabablarini aniqlash uchun komissiya tuzilgan, unga Mang‘istov viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Erbol Izbergenov raislik qilmoqda. Xabarda halok bo‘lganlarning qarindoshlariga har tomonlama, jumladan, ularni dafn etishda yordam ko‘rsatilishi, vaziyat viloyat hokimining shaxsan nazorati ostida ekani aytilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida ota-ona va ularning farzandi is gazidan zaharlanib vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston is gazi O'zbekiston fuqarosi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing