Qozog‘istonda favqulodda holat muddati uzaytirildi
Olam
−
14 aprel 2020
7836Qozog‘istonda favqulodda holat rejimi Respublika Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev tomonidan 1 maygacha uzaytirildi. Bu haqda bugun, 14 aprel kuni Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, To‘qayev hukumatga, markaziy va mahalliy hokimiyatga ushbu farmondan kelib chiqadigan zarur choralarni ko‘rishni topshirdi. Hujjat 14 aprelda kuchga kiradi.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda 15 mart kuni favqulodda holat joriy etilgandi. Hozirda Olma-ota va Nur-Sulton shaharlarida karantin va majburiy o‘zini o‘zi izolyatsiya qilish rejimi mavjud.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda koronavirus bilan bog‘liq 1 179 holat aniqlangan. Kasallanganlarning 150 nafari sog‘aygan. 14 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar 1015 nafarni tashkil qilmoqda.
LiveBarchasi
AQSH dollarining rasmiy kursi pasaydi.
27 dekabr