Qozog‘istonda endi zolim erlarni uydan haydashga ruxsat beriladi

Olam

image

Qozog‘iston Majlisi (parlament quyi palatasi) deputatlari oilaviy zo‘ravonlik holatlarining oldini olishni nazarda tutuvchi qonunchilikka o‘zgartirishlar tayyorladi. Bu haqda IIV Ma’muriy politsiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Renat Zulxairov brifingda ma’lum qildi. 

Unga ko‘ra, sog‘likka qasddan yengil zarar yetkazish va kaltaklashni jinoyat deb hisoblash taklif etilmoqda. Hozirda bunday harakatlar ma’muriy huquqbuzarlik sifatida talqin qilinadi.

“Huquqbuzarning xulq-atvoriga qo‘yiladigan maxsus talablar doirasida sudga tajovuzkorni uydan vaqtincha chiqarib yuborish huquqi beriladi. Shu bilan birga, ijtimoiy moslashuv markazlarida uning harakatlari haqida o‘ylash so‘raladi”, deb tushuntirgan qo‘mita raisi o‘rinbosari.

Shuningdek, sud tajovuzkorni sog‘liqni saqlash tashkilotlarida majburiy psixokorreksiya kurslaridan o‘tishga majburlash huquqiga ega bo‘ladi.

Bundan tashqari, qonunchilikka uydagi zo‘ravonlik bilan bog‘liq jinoyatlar va huquqbuzarliklarning oldini olish markazlarini ko‘paytirish, ijtimoiy-psixologik tuzatish amaliyotini kiritish ko‘zda tutilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston oilaviy zo'ravonlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing