Qozog‘istonda diniy liboslarni kiyishga cheklovlar joriy etilishi kutilmoqda
Olam
−
06 Oktabr 2023
7076Qozog‘istonda ayrim diniy liboslarni kiyishga cheklovlar joriy etish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda boshqarma boshlig‘i Aida Balayeva bugun, 6 oktyabr kuni Ostonada o‘tgan brifingda ma’lum qildi.
“Biz bu me’yorlarni [taqiqlash]ni albatta o‘rganamiz va taklif qilamiz. Hech bo‘lmaganda jamoat joylarida. Men bu amaliyotni butun dunyoda milliy xavfsizlik masalasi sifatida ko‘rmoqdaman. Jamoat joylarida yuz qoplangan joyda [odamning shaxsini] har qanday belgilar bilan tanib olish juda qiyin”, deydi Balayeva.
Uning qo‘shimcha qilishicha, qonunga o‘zgartirishlar kiritish yoki yangi qonun loyihasini ishlab chiqish biroz vaqt talab etadi. Dastlab ishchi guruh tuziladi, o‘zgartirishlar konsepsiyasi muhokama qilinadi, shundan so‘ng qonun hukumatning qonun ijodkorligi reyestriga kiritiladi va shundan keyingina u Majilis va Senatga yuboriladi.
“Bu yerda deputatlik tashabbusi bo‘lganini inobatga olib, yaqin orada deputatlik korpusi bilan bu masalani ko‘rib chiqamiz, deb o‘ylayman”, deydi Balayeva.
U so‘zida davom etib, Qozog‘iston dindan ajratilgan dunyoviy davlat ekanligini eslatgan. Davlat siyosatining barcha masalalari diniy normalar bilan emas, balki fuqarolik qonunlari bilan tartibga solinadi. Shu bilan birga, qoidalar maktab formasini kiyish standartlariga rioya qilishni talab qiladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 19 sentyabr kuni Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasida “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga va O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonunning dastlabki muhokamalari bo‘lib o‘tdi. Qonunga muvorfiq O‘zbekistonda fuqarolarning jamoat joylarida ibodat liboslarida yurganligi uchun belgilangan ma’muriy javobgarlik bekor qilinmoqda.
LiveBarchasi