Qozog‘istonda deputatning o‘g‘li harbiy xizmatdan qochgani uchun 15 sutkaga qamaldi

Olam

image

Qozog‘iston parlamenti deputati Davlat Turlixonovning harbiy xizmatni o‘tayotgan o‘g‘li Po‘lat Nurasil qo‘mondon buyrug‘iga bo‘ysunmay, harbiy qismni ruxsatsiz tark etgani uchun 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda Olmaota sudlari matbuot xizmatiga tayanib, “Nur.kz" xabar berdi

Aniqlik kiritilishicha, ushbu qaror Olmaota shahrining ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tumanlararo sudi tomonidan qabul qilingan bo‘lib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 652-moddasi 6-qismi (Qozog‘iston Respublikasining harbiy xizmat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish) bilan aybdor deb topilgan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2 iyul kuni harbiy xizmatchi Olmaota garnizoni qorovulxonasidan chiqqanidan keyin qo‘mondon buyrug‘iga binoan harbiy qismga yo‘l olishi kerak bo‘lgan. Biroq Po‘lat Nurasil buyruqqa bo‘ysunmay, Harbiy politsiya boshqarmasi binosiga kelgan avtomashinada noma’lum tomonga jo‘nab ketgan. Ertasi kuni qochib ketgan askar harbiy politsiyachilar tomonidan ushlanib, xizmat joyiga olib ketilgan.

Deputat o‘g‘lining qilmishini Qozog‘iston mudofaa vaziri Ruslan Jaqsiliqov izohlab, voqeani “Ta’limdagi bo‘shliqlar” deb atadi.

“Harbiy prokuratura qaroriga ko‘ra, u qo‘mondonlik nazorati ostida bo‘lib, ruxsatsiz ishdan chiqqan. Yana bir bor aytaman armiya voyaga yetmagan jinoyatchilarni saqlash uchun koloniya emas. Bizda butunlay boshqa funksiyalar mavjud. Va bu ta’limdagi bo‘shliqlar”, deydi u.

Po‘lat Nurasil bilan bog‘liq vaziyatga uning otasi deputat Turlixonov ham izoh berdi. U o‘g‘li atrofidagi mavzuni ko‘p “chaynamaslik”ni so‘ragan. Bunga sabab sifatida axborot hujumlari unga katta psixologik bosim o‘tkazishi mumkinligini aytgan. Shuningdek, deputat o‘g‘lining sevgan qizi borligi va u bilan uchrashish uchun xizmatdan qochganini aytib o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston deputat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing