Qozog‘istonda bo‘ron. O‘zbekiston Transport vazirligi haydovchilarni ogohlantirmoqda

Jamiyat 3226
image

Ob-havo sharoitining keskin yomonlashuvi hamda kuchli qor bo‘ronlari sabab Qozog‘istonning 9 viloyatida 48 ta yo‘l uchastkasida barcha turdagi avtotransport vositalarining harakatlanishi to‘xtatildi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi o‘zbekistonlik haydovchilarga ogohlantirish bilan chiqdi. Unda shunday deyiladi: 

“Qozog‘iston Respublikasi Industriya va infratuzilmalarni rivojlantirish vazirligi mabuot xizmati tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘skemen-Ridder-RF chegarasi avtoyo‘lining 15-105 km oralig‘idagi (Belousovka-Ridder) uchastkasi tirkamali va yarim tirkamali yuk avtomobillari uchun yopilgan. 

O‘skemen-Shemonaixa-RF chegarasi trassasining 15-105 km (Glubokoye-Shemonaixa) uchastkasi tirkamali va yarim tirkamali yuk avtolari uchun yopildi. 

Semey-Qaynar trassasining 8-144 km oralig‘idagi (Semey-Sarjal), O‘skemen-Shemonaixa-RF chegarasi trassasining 105-123 km oralig‘idagi (Shemonaixa-RF chegarasi) uchastka ham yopilgan. 

“Aqto‘be-Bolgarka-Shubarquduq” trassasi 17 km (Sazdi ovuli) - 190 kmgacha (“Aqto‘be-Astraxan” trassasi) bo‘lgan qismida harakat butunlay to‘xtatilgan. 

Haydovchilarga ob-havo sharoiti yaxshilangunga qadar yo‘lga chiqmasliklarini tavsiya etamiz.  

Favqulodda vaziyatga yo‘liqqan haydovchilar 1403 raqamiga murojaat qilishi mumkin”.

Qalampir.uz Tahririyati
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 77
Reyting: 2.9
Teglar
t
×