Qozog‘istonda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi
Jamiyat
−
11 fevral
32673Bugun, 11 fevral kuni Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Qozog‘iston Respublikasida bo‘lib turgan va tranzit yo‘nalishida harakatlanayotgan O‘zbekiston fuqarolarini ogohlantirdi.
Bildirilishicha, so‘nggi kunlarda Qozog‘iston Respublikasi hududlarida ob-havoning keskin sovishi oqibatida yo‘llarda harakatlanish bilan bog‘liq qator noqulayliklar yuzaga kelmoqda va yaqin haftalar davomida ham sovuq havo harorati saqlanib turishi sababli Respublika darajasidagi avtoyo‘llarda harakatlanish cheklangan.
"Shu munosabat bilan, Qozog‘istonda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklardan yo‘llarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish, xavfsiz transport vositalaridan foydalanish, zarurat bo‘lmaganda uzoq masofali yo‘llarda transport vositalarida harakatlanmaslik so‘raladi", deyiladi agentlik xabarida.
Qayd etish kerakki, joriy yilning 6 fevral kuni O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi fuqarolarni ogohlikka chaqirib, chet davlatlardagi qonunni bilmaslik ularni javobgarlikdan ozod etmasligini eslatgan edi.
LiveBarchasi