Qozog‘istonda bitiruvchilarning davlat imtihoni bekor qilindi

Olam

image

Qozog‘istonda koronavirus infeksiyasi tarqlishi ortidan o‘rnatilgan favqulodda holat sabab maktab bitiruvchilarining davlat imtihonlari bekor qilindi. Bu haqda “Tengrinews.kz” xabar berdi.

Masofaviy o‘qish tartibiga o‘tgan maktab ta’limida bitiruvchilarning yakuniy attestatsiyasi va attestatlarni berish fanlar bo‘yicha yil davomida olingan baholar asosida amalga oshiriladi. Yagona milliy test muddati o‘zgarishsiz qoladi. Qozog‘iston Ta’lim va fan vazirligi shunday qarorga kelgan.

"Barcha o‘zgarishlar vazirlik buyrug‘iga kiritildi. Alohida imtihon o‘tkazilmaydi. Bu baholashda maksimal shaffoflikni ta’minlaydi", deyiladi vazirlik qarorida.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan bemorlar soni 840 nafarga yetdi. 10 kishi virusdan halok bo‘ldi va 64 nafar bemor davolandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston koronavirus

Baholaganlar

134

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing