Qozog‘istonda Bayden, Tramp va Putin topildi

Bu qiziq

image

Qozog‘istonliklar orasida taniqli siyosiy arboblarning familiyalarini farzandlariga ism qilib qo‘yganlar borligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Qozog‘iston iqtisodiyotini monitoring qilish loyihasi xabar berdi. O‘zbekiston shimolida joylashgan qo‘shni Qozog‘istonda 2024 yil hisob-kitoblariga ko‘ra, 20 million fuqaro istiqomat qiladi. Ular orasida noodatiy ism bilan ataluvchi fuqarolar ham kam emas. Jumladan, respublikada sakkiz nafar Bayden, bir nafar Putin va bir nafar Tramp istiqomat qiladi. Bundan tashqari, 12 kishi Qozog‘istonning amaldagi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bilan adash.

Shuningdek, bir qancha fuqarolar mamlakat va shahar nomlarini shaxsini tasdiqlovchi hujjatlariga ism o‘laroq qayd ettirgan. Demak, mamlakatda Ostona ismli 24, Olmaota ismli 20, Chimkent deb ataluvchi 27, Turkiston ismli 14 nafar fuqaro bor. 24 nafar kishi esa Qozog‘iston nomini olgan.

Shu yilning yanvar oyida Qozog‘istonda tug‘ilgan eng ko‘p qizlarga Madina va o‘g‘il bolalarga Alixon ismlari qo‘yilgan.

Qayd etilishicha, qozog‘istonliklarning aksariyati an’anaviy tarzda mamlakatning janubiy viloyatlarida – Olmaota (2,2 million kishi), Turkiston (2,1 million kishi) va boshqa hududlarda istiqomat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kim Chen Inning qizi bilan adash bo‘lganlardan ismini o‘zgartirish talab qilinayotgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Putin Bayden Qosim-Jomart

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing