Qozog‘istonda ayol bolasi va o‘zini 12-qavatdan tashladi

Olam

image

Qozog‘istonning Ostona shahrida ayol bolasi va o‘zini 12-qavatdan tashladi. Bu haqda “Tengrinews” xabar berdi

Keltirilishicha, voqea bugun, 9 iyun kuni soat 14:19 da sodir bo‘lgan. 

“102 ga Sig‘onoq ko‘chasida bolali ayol 12-qavatning derazasidan qulab tushgani haqida xabar kelib tushdi. Politsiya xodimlari voqea joyiga yetib keldi. Ayol olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida halok bo‘ldi, bolasi esa shifoxonada vafot etdi”, deyiladi mahalliy politsiya xabarida. 

Keyinroq ayolning o‘z joniga qasd qilgani aniqlangan. Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilayotgani hamda ekspertiza tayinlangani xabar qilingan. Voqeaning qolgan tafsilotlari hozircha ochiqlanmayapti. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 3 aprel kuni Toshkent shahar Sergeli tumanida 27 yoshli D.A. 3 nafar farzandi bilan o‘zini 9-qavatdan pastga tashlagan edi. Oqibatda ona ham, bolalar ham voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-(qasddan odam o‘ldirish) va 103-(o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston chaqaloq o'z joniga qasd qilish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing