Sergelida ona uch farzandi bilan 9-qavatdan o‘zini tashladi. Tirik qolganlar yo‘q

3-sahifa

image

Poytaxt Toshkentning Sergeli tumanida ona va uch bolaning o‘limi bilan bog‘liq mudhish holat qayd etildi. 27 yoshar ona o‘zi va bolalarini ko‘p qavatli uyning 9-qavatidan tashladi. Oqibatda ayol va 3 farzandi vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, voqea bugun, 3 aprel kuni soat 19:20 da sodir bo‘lgan. 

1996 yilda tug‘ilgan ayol D.A. o‘zi istiqomat qilib kelayotgan Sergeli tumani 8-mavze 77-uyning 9-qavatida joylashgan 34-xonadonning yotoqxona derazasidan farzandlari  2018 yilda tug‘ilgan o‘g‘li Ya.S. va 2019 yilda tug‘ilgan A.S.ni birin-ketin tashlab yuborgan. So‘ng o‘zi 2022 yilda tug‘ilgan qizi R.S.ni qo‘lida olib, derazadan pastga sakrab, joniga qasd qilgan. 

Ona va uning uch nafar bolasi olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyining o‘zida vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing