Qozog‘istonda atmosferaga zararli gaz chiqishiga sababchi bo‘lgan kompaniya 780 ming dollar jarimaga tortildi

Olam

image
Qozog‘istonning O‘zbekiston bilan chegaradosh viloyatida atmosferaga katta miqdorda metan sizib chiqdi north_east

Qozog‘istonning O‘zbekiston bilan chegaradosh viloyatida atmosferaga katta miqdorda metan sizib chiqdi

Qozog‘istonning Qoraturun konida 2023 yilning iyunidan dekabrigacha davom etgan yong‘in oqibatida sezilarli darajada metan chiqindilari atmosferaga chiqqani aniqlanib, “Buzachi Neft” kompaniyasini 780 ming dollar jarimaga tortildi. Bu haqda Mang‘istau viloyati Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.

“Aniqlanishicha, atmosfera havosidagi metan uchun ifloslantiruvchi moddalarning ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyasi 480 baravarga, tuproqdagi neft mahsulotlari uchun 168,13 mg/kg ga oshib ketgan. To‘rtta ma’muriy bayonnoma tuzildi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, jarima miqdori 350 million tengedan (taxminan 780 ming dollar) oshadi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, boshqarma kompaniyaga atrof-muhitga yetkazilgan zararni bartaraf etish bo‘yicha tiklash dasturini ishlab chiqish zarurligi to‘g‘risida buyruq berilganini tushuntirdi.

Ma’lumot uchun, avvaliga Qozog‘istonning g‘arbiy qismidagi Qoraturun Yujniy qudug‘ini o‘zlashtirayotgan “Buzachi Neft” shirkati katta metan sizib chiqishini inkor etib, sanitariya muhofazasi zonasida ifloslantiruvchi moddalar konsentratsiyasi maqbul darajadan oshmasligini ta’kidlagan.

Yong‘in 2023 yil 9 iyun kuni quduq burg‘ilash vaqtida boshlangan. Ma’lum qilinishicha, olov balandligi 10 metrga yetgan. Dekabr oyi oxirida yong‘in o‘chirilgan, buning uchun mutaxassislar avariya quduqlarini burg‘ulagan, so‘ngra mahsus eritma quyilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston metan Buzachi Neft'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made