Qozog‘istonda AN-2 samolyoti halokatga uchradi
Olam
−
04 iyul 2021
7794Bortida ikki nafar uchuvchisi bo‘lgan AN-2 samolyoti Qozog‘istonning Qizilo‘rda shahri yaqinida qulab tushdi. Samolyot guruch dalalariga ishlov berayotgan bo‘lgan. Bu haqda “Tengrinews” mahalliy nashri Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmatiga tayanib yozmoqda.
Qayd etilishicha, hodisa bugun, 4 iyul kuni mahalliy vaqt bilan ertalab soat 7:00 da yuz bergan.
“4 iyul kuni, soat 07:00 da, Qizilo‘rda shahrining Qoraultobe qishlog‘idan 12 kilometr uzoqlikda AN-2 samolyoti guruch dalalarini qayta ishlash paytida qulab tushdi. Favqulodda qo‘nish paytida texnik nosozliklar tufayli parvozdan bir necha kilometr o‘tgach, samolyot maydonga qulagan. Bortda 1954 yilda tug‘ilgan ikki nafar uchuvchi bo‘lgan”, deyiladi xabarda.
Ma’lum qilinishicha, uchuvchilar shifoxonaga yotqizilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ularning ahvoli qoniqarli deb topilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Filippinda bortida 85 kishi bo‘lgan harbiy-havo kuchlarining C-130 harbiy transport samolyoti halokatga uchragandi.
LiveBarchasi