Qozog‘istonda aholi amaldorlarning maoshini 182 dollarga tushirishni talab qilmoqda

Olam

image

Qozog‘istonda amaldorlarning maoshlarini kamaytirish talabi bilan petitsiya boshlandi. Elektron hujjatga 17 mingdan ortiq kishi imzo chekdi. Bu haqda KTK telekanali xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu murojaat mamlakat Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri o‘rinbosari Oljas O‘rdabayevning yaqinda 85 ming tenge (182 dollar yoki taxminan 2 million 200 ming so‘m) daromad bilan yashash mumkinligini aytgan so‘zlaridan keyin paydo bo‘ldi. 

“Albatta, 85 ming tengega yashash mumkin, lekin har bir mintaqada maosh o‘sishi kerak. Hozir ushbu metodologiya asosida ish olib bormoqdamiz”, degan O‘rdabayev.

Bu bayonotlardan so‘ng qozog‘istonliklar barcha amaldorlarning ish haqini 85 ming tengegacha kamaytirishni talab qilgan petitsiya bilan chiqishgan.

Elektron hujjatga allaqachon 17 mingdan ortiq kishi imzo chekkan.

Talabda hokimlar, vazirlar va deputatlarga yuqori maosh to‘lashdan ko‘ra, nafaqalarni oshirish, imtiyozli ipoteka va avtokreditlarni moliyalashtirish, mablag‘larni yo‘llar va infratuzilmani ta’mirlashga yo‘naltirish, uysizlar uchun oshxonalar ochish maqsadga muvofiqligi aytiladi.

Ma’lum qilinishicha, Qozog‘istonda o‘rtacha oylik nominal ish haqi 365 502 tengeni tashkil qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston maosh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made