Qozog‘istonda 5 yashar qiz o‘ldirib ketildi

Olam

image

Qozog‘istonning Turkiston viloyatida 5 yashar qiz o‘ldirib ketildi. Bu haqda “Tengrinews.kz” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 13 iyul kuni viloyatning “Jibek Joli” qishlog‘ida yashovchi ayol qizi yo‘qolib qolgani uchun politsiyaga ariza bilan murojaat qilgan. Politsiya xodimlarining tezkor qidiruv ishlaridan keyin qizning jasadi qishloqdoshlaridan birining uyidan topilgan.

“13 iyul kuni Sariog‘ash tumani Ichki ishlar boshqarmasiga voyaga yetmagan qizining g‘oyib bo‘lgani haqida ariza bilan murojaat qilingan. Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida militsiya xodimlari tomonidan qishloq fuqarolaridan birining uyidan tan jarohatlari bilan qizning jasadi topilgan”, deyiladi viloyat IIB bayonotida.

Mazkur holat yuzasidan Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 99-moddasi “qotillik” bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan.

Gumonlanuvchi hibsga olingan. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, gumonlanuvchi ilgari hamqotillikda ayblanib, 10 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston jinoyat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing