Qozog‘istonda 4,6 magnitudali zilzila yuz berdi
Olam
−
07 yanvar 2024 7276 1 daqiqa
Bugun, 7 yanvar kuni Olmaota yaqinida mahalliy vaqt bilan soat 09:10 da 4,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda "Stan.kz" axborot agentligi xabar bermoqda.
Seysmologik tajriba-uslubiy ekspeditsiya ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila epimarkazi Qozog‘istonning Olmaota shahridan 55 kilometr sharqda bo‘lgan.
Zilzila energiya klassi 9,3. Magnitudasi 4,6. Chuqurligi 10 kilometrni tashkil qilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 yanvar kuni G‘arbiy Qozog‘iston viloyati O‘ral shahri Sirim Datov ko‘chasida joylashgan kafeda kuchli portlash sodir bo‘lib 2 kishi voqea joyida vafot etgan, 5 nafar jarohatlanganlardan ikki nafari esa o‘zbekistonliklar ekani aytilgandi.
Live
Barchasi