Qozog‘istonda 20 yoshli jahon chempioni o‘ldirildi
Sport
−
25 dekabr
17521Olmaota shahrida tayboks bo‘yicha jahon chempioni Serik Ali o‘ldirib ketildi. Bu haqda “Kursiv” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, sportchi 20 yoshda bo‘lgan. Politsiya allaqachon gumonlanuvchini qo‘lga olgan. Qotil sportchining tanishi bo‘lib chiqdi. Tergovchilar jinoiy ish qo‘zg‘atgan.
“20 yoshli yigitning o‘ldirilishi yuzasidan Naurizboy tumani IIB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi qo‘lga olinib, vaqtincha saqlash hibsxonasiga olib ketildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tanishlar o‘rtasida janjal kelib chiqqan, oqibatda ulardan biri pichoq ishlatgan”, deyiladi Olmaota politsiya boshqarmasi bergan bayonotda.
O‘z navbatida, Qozog‘iston Respublikasi tayboks federatsiyasi ham Serik Alining oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.
“Olmaotadan yomon xabar keldi. Muaytay bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempioni Serik Ali halok bo‘ldi. Chempionimizning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi